Biz O‘zbekistonda joylashgan umumta’lim maktablarning 7-sinf o‘quvchilarini Coboning birinchi tanlovida ishtirok etishga taklif qilishdan mamnunmiz.
Diqqat: Cobo Reader dasturining ishlash jarayonida “O’zbek” tili interfeysida foydalanuvchilarda muammolar yuzaga kelgan. Bu muammolar 2014 yil 15 dekabrda soat 17:13 da bartaraf etildi. Noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.
Tanlovda ishtirok etayotgan 7-sinf o‘quvchilariga quyidagi fanlardan o‘quv materiallarni qunt bilan o‘rganib chiqib, ular bo‘yicha testlarni yechish taklif qilinadi:
- matematika
- fizika
- biologiya
- kimyo
Testlarni yechib, eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar qimmatbaho sovrinlar bilan mukofotlanadilar (sovrinlar ro‘yxatini quyida q.).
Tanlovga 2014-yil 15-dekabrda Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start berilib, 2014- yil 21- dekabr kuni 23:59 da yakunlanadi. Biz barcha ishtirokchilarga Cobo Reader ni oldindan yuklab olib, o‘rnatib, tizimda ro‘yxatdan o‘tishni hamda interfeys bilan tanishib chiqishni qattiq tavsiya qilamiz.
Tanlovda O‘zbekistondagi istalgan maktabning har bir 7-sinf o‘quvchisi ishtirok qilishi mumkin. Tanlov o‘zbek va rus tilida ta’lim oluvchi o‘quvchilarga alohida o‘tkaziladi.
Tanlov ishtirokchisi bo‘lish uchun quyidagilar zarur:
- internet tarmog‘iga ulangan kompyuterga (planshet yoki telefon emas!) ega bo‘lish
- Cobo tizimida ro‘yxatdan o‘tish
- Tanlov ishtirokchisi ma’lumotlarini to‘ldirish
- tanlov testlarini yechish va ballarni to‘plash
Yodda tutish muhimki, agar Sizning ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlaringiz va Tanlov ishtirokchisi ma’lumotlaringiz noto‘g‘ri bo‘lsa, sovrinni taqdim etish bekor qilinadi.
Masalan, agar Siz ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlaringizda o‘rta maktabning 7-sinf o‘quvchisiman deb ko‘rsatgan bo‘lsangiz-u, aslida esa o‘zingiz 9-sinfda tahsil olayotgan bo‘lsangiz, sovrin taqdim etilmaydi hamda Coboning keyingi barcha tanlovlarida Sizning ishtirok qilishingizga taqiq qo‘yiladi.
Ishtirok qilishga tayyormisiz? Yo‘riqnomani o‘qing va Bon Voyage!
Qolgan sinflar uchun tanlov qachon o‘tkaziladi?
5-9- sinflar uchun tanlov mana shu toifadagi Cobo da ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 5000 ta odamdan oshishi bilanoq o‘tkaziladi. Masalan, sistemada ro‘yxatdan o‘tgan 9-sinf o‘quvchilari soni 5000dan ortishi bilan 9 -sinf o‘quvchilari uchun tanlov ishga tushiriladi.
Sovrinlar:
Sovrin |
Sovrin turi |
Sovrinlar miqdori |
Samsung Galaxy CORE 2 |
2 |
|
|
Монитор LG 19’ |
2 |
|
Canon i-SENSYS LBP6020B Laser |
2 |
|
Microlab M-590/4.1 Multimedia Speaker System |
2 |
|
Microlab B58 Multimedia Speaker System |
2 |
|
Microlab B57 Multimedia Speaker System |
2 |
|
Microlab T2 Bluetooth Stereo Headset |
2 |
|
TP-Link TD-W8901N Wireless N ADSL2+ Modem |
4 |
|
Spalding Basketball |
2 |
|
Logitech m185 Wireless Mouse |
10 |
|
Microlab K360 Multimedia Entertainment Stereo |
2 |
|
Microlab K330 Lightweight Stereo Headset |
2 |
|
Microlab K310 Stereo Headset |
4 |